OCh-2020. Janubiy Koreya finalga chiqdi, O‘zbekiston Olimpiada yo‘llanmasi uchun Avstraliyaga qarshi o‘ynaydi

Sport 20:46 / 22.01.2020 16275

Osiyo chempionati (U23) yarim finali doirasidagi ikkinchi uchrashuvda Janubiy Koreya olimpiya jamoasi Avstraliyaga qarshi maydonga tushdi.

Yarim final o‘yinning 56-daqiqasida Kim Dae-Von Avstraliya jamoasi darvozasini ishg‘ol etib hisobni ochgan bo‘lsa, 76-daqiqada Li Dong-Gyong ajoyib zarbasi bilan hisobdagi farqni ikkitaga yetkazdi – 2:0.

Natijada Avstraliya ustidan ishonchli g‘alabaga erishgan koreyslar Tokio-2020 yo‘llanmasi bilan birga finalga ham yo‘llanma olishdi. Guruhdoshimiz chempionlik o‘yinida bizni mag‘lub etgan yana bir jamoa – Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi.

Avstraliya olimpiya jamoasi esa Osiyodagi egasi hozircha aniq bo‘lmay turgan yagona Olimpiada yo‘llanmasi uchun kurashda O‘zbekiston olimpiya jamoasiga qarshi maydonga tushadi. 3-o‘rin uchun o‘yin 25 yanvar, shanba kuni o‘tkaziladi. Bahs g‘olibi Tokio-2020ga yo‘l oladi. 

Osiyo chempionati (U23). 
Yarim final. 22 yanvar
Janubiy Koreya – Avstraliya – 2:0
Gol: Kim Dae-Von 56, Li Dong-Gyong 76.

3-o‘rin uchun o‘yin.
25 yanvar (shanba)
O‘zbekiston – Avstraliya

Final. 26 yanvar
Janubiy Koreya – Saudiya Arabistoni.

Ko‘proq yangiliklar: