Apple kompaniyasi qayta tiklangan (Refurbished) iPhone XS va XS Max modellari savdosini boshlaydi. Ichki xotira hajmidagi farqdan tashqari ular 200-250 dollarga arzonroq.
Qayta tiklangan iPhone — sotib olinganidan keyin qandaydir muammo sababli kompaniyaga qaytarilgan va korpus, batareyasi va barcha o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan komponentlari almashtirilishi bilan to‘liq ta'mirlangan uskuna. Tashqi ko‘rinishidan ular yangidek tuyiladi, ular haqiqatan ham bekam-u ko‘st, shuningdek kafolati ham ular ishga tushirilgandan boshlab qaytadan hisoblanadi (1 yil).
64 GB ichki xotirali qayta tiklangan iPhone XS avvalgi 899 AQSh dollari narxida emas, 699 dollar qiymatida belgilangan. Xuddi shu holatdagi iPhone XS Max esa 999 dollar o‘rniga 799 AQSh dollar narxga ega. Kattaroq xotira hajmli versiyani sotib olganda chegirma 250 dollargacha ortadi. Barcha narxlar bilan Apple saytida tanishish mumkin.