Respublikadagi yetakchi moliya muassasalaridan biri – «Agrobank» o‘quvchilar o‘rtasida moliyaviy savodxonlikni oshirishda faol ishtirok etmoqda. Xususan, bank mas'ul xodimlari tomonidan poytaxtimizdagi 173-sonli umumta'lim maktabida «Bankirlar sabog‘i» mavzusida amaliyot darsi tashkil qilindi.
Darsda xodimlar tomonidan taqdimot o‘tkazib, bolalarga bank faoliyati, ishlash tamoyillari, xodimlar vazifalari haqida ma'lumot berildi. Bundan tashqari o‘quvchilar «Agrobank» tarixi bilan tanishib, uning bugungi faoliyati va xizmatlari haqida kerakli tasavvurlarga ega bo‘lishdi.
O‘quv amaliy darslarni yuqori sinf o‘quvchilarida o‘tkazilishi ham ularni kelajakda kasblarini tanlashda katta turtki bo‘ldi.
Bunday tadbirlarning o‘tkazilishi o‘quvchilarning moliyaviy savodxonligini oshirishga xizmat qiladi. Agrobank tomonidan ushbu o‘ziga xos «Bankirlar sabog‘i» amaliy darslari respublikamizning boshqa hududlarida ham tashkil etilmoqda.
Sayt: www.agrobank.uz
Telegram: t.me/AgrobankChannel
Instagram: @Agrobank_uz
Facebook: fb.com/AgrobankUzbekistan
«Agrobank» ATB matbuot xizmati
Reklama huquqi asosida