Apple'ning Xitoydagi yetkazib beruvchisining so‘zlariga ko‘ra, yangi avloddagi iPhone xuddi iPad Pro'dagi singari tashqi dizaynga ega bo‘ladi. 3 xil ekranli modellar kutilmoqda: 5,4 dyumli, 6,1 va 6,7 dyumli. Bu haqida Macotakara portali xabar bergan.
Manbalarning aniqlik kiritishicha, smartfonning eng katta talqini 7,4 mm qalinlikdagi ingichka korpusga ega bo‘ladi, bundan tashqari ekran hoshiyasi atigi 2 millimetrni tashkil etadi. Ushbu o‘zgarishlar o‘rnatilgan quvvat olish tizimi hajmiga hech qanday ta'sirini o‘tkazmaydi — yangi qurilma quvvati rekord darajada bo‘ladi.
5,4 dyumli yangi iPhone o‘lchamlari bo‘yicha iPhone SE'dan kattaroq, ammo iPhone 8'dan kichik. 6,1 dyum ekranli talqin hajm borasida iPhone 11 va iPhone 11 Pro orasidagi o‘rinni egallaydi, 6,7 dyumli flagman esa hatto iPhone 11 Pro Max'dan ham o‘tib ketadi. Uch yangilik ham OLED displeyi va Face ID yuzni tanish skaneri bilan jihozlanadi.
5,4 dyumli va 6,1 dyum ekranli iPhone'lar ikkilangan asosiy kameraga ega bo‘ladi, 6,7 dyum displeyli model 3ta fotomodul va yaqinlashtiradigan asosiy sensor bilan ta'minlanadi.
Uskunalarni Apple'ning an'anaga aylangan kuzgi namoyishlarda taqdim etish rejalashtirilgan. Ehtimol, ushbu triodan avval nisbatan klassik yondashuvdagi iPhone 9 chiqishi ham mumkin va bu yaqin oylarda bo‘lishi kutilmoqda.