Jyeff Bezos 3 kun ichida dunyoning eng boy odami maqomini yana o‘ziga qaytarib oldi

Jahon 23:57 / 21.01.2020 13878

AQShning Amazon kompaniyasi rahbari Jyeff Bezos dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida 3 kun 2-pog‘onani egallagandan keyin yana o‘ziga yetakchilikni qaytarib oldi. 3 kun davomida ro‘yxatga LVMH kompaniyalari guruhi bosh direktori Bernar Arno yetakchilik qildi. Bu haqda Forbes nashri xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, Bezosning boyligi Arno yetakchilikni qo‘lga kiritgan 17 yanvardan keyin 489 mln dollarga ko‘payib, ayni vaqtda 116,1 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Arno esa shu 3 kun ichida LVMH aksiyalari arzonlashishi sababli 3,7 mlrd dollar yo‘qotib, hozirda uning boyligi 112,9 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.  

Forbes’ning xabar berishicha, LVMH aksiyalari narxi Xitoyda yangi koronavirus tarqalishi sababli 21 yanvarda 1,1 foizga tushib ketgan. 

Ko‘proq yangiliklar: