Samsung Hindistonda 500 mln dollarlik zavod quradi

Fan-texnika 22:39 / 20.01.2020 6148

Samsung kompaniyasi Hindistonda smartfonlar uchun ekranlar ishlab chiqaruvchi ilk zavodini qurishni rejalashtirmoqda. Ta'kidlanishicha, kompaniya ushbu obektga 500 mln dollar sarmoya kiritmoqchi. Keyinchalik zavodni noutbuklar va televizorlar uchun displeylar ishlab chiqarishgacha kengaytirish ko‘zda tutilgan.

Hindiston hukumati Janubiy Koreya kompaniyasiga zavodni qurish uchun zarur bo‘lgan yer maydonini ajratib bergan. Zavod Noida shahrida barpo etiladi.

Ma'lum qilinishicha, Samsung zavod qurilishini qachon yakunlashiga aniqlik kiritilmagan, biroq ilk ishlab chiqarish liniyalarini joriy yildayoq ishga tushirish rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: