Xorazmda odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi

Jamiyat 11:20 / 18.01.2020 3293

17 yanvar kuni Xorazm viloyati hokimligida odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha respublika kichik komissiyasi ishchi guruhi a'zolari tomonidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda Xorazm viloyati hamda barcha shahar va tumanlarning Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyasi ishchi guruhi a'zolari hamda tuman hokimligi vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirning asosiy maqsadi –mamlakatimizda odam savdosiga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan qonunchilikning mazmun-mohiyatini tushuntirish, ushbu sohada Xorazm viloyatida amalga oshirilgan ishlar, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, doimiy yashash manzilidan uzoq muddatga ketgan va qaytib kelgan, deportatsiya va vatanga qaytish guvohnomasi (sertifikat) bilan qaytib kelgan yoshlarni ish bilan ta'minlashga ko‘maklashish, fuqarolarimizning xorij mamlakatlarida odam savdosi qurboniga aylanib qolishining oldini olish borasidagi chora-tadbirlar yuzasidan xabardorligini oshirish, shuningdek mazkur sohada ishchi guruhlarning bilimlarini yanada oshirishdan iboratdir.

Odam savdosi global muammo bo‘lib, har yili uning domiga millionlab ayollar, erkaklar va bolalar tushib kelmoqda. Ehtimoldagi jabrlanuvchilar dunyo bo‘ylab jinsiy ekspluatatsiyaga duchor qilinadilar, og‘ir, ko‘pincha hayot uchun xavfli mehnatga majbur qilinadilar, organ yoki to‘qimalar transplantatsiyasi qurboniga, u yoki bu shakldagi zo‘rlikning qurboniga aylanadilar. Odam savdosi bu - inson huquqlarining jiddiy buzilishidir.

Hozirgi kunda ushbu transmilliy jinoyatni tobora tus olishi unga qarshi kurashni olib boruvchi idoralar xodimlarini muntazam ravishda bilim saviyalarini oshirib borishni taqozo qiladi.  

Odam savdosi – inson sha'ni va qadr-qimmatini kamsitadigan, dunyo taraqqiyoti uchun mutlaqo yot bo‘lgan transmilliy jinoyat sanaladi. Yurtimizda zamonaviy qullikka qarshi izchil kurash olib borilmoqda. 
Bunda aholining ushbu qabih jinoyat haqida xabardorligini  oshirish, ularni noqonuniy migratsiyaning ayanchli oqibatlari xususida ogohlantirish, bu borada davlatimiz tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Yurtimizda odam savdosiga qarshi kurashish sohasida yaratilgan normativ-huquqiy baza hamda keyingi olib borilayotgan islohotlar mazkur sohadagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.

Tadbirda ishtirokchilar tomonidan odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyalarining odam savdosi va noqonuniy migratsiyani oldini olishdagi faoliyati muhim ahamiyat kasb etayotganligi alohida ta'kidlandi.

Tadbir yakunida ishchi guruhi a'zolarining savollariga javob qaytarildi. Shuningdek, muammolar yechimi yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tushuntirish berildi.

Ko‘proq yangiliklar: