Imkoniyati cheklanganlar uchun «E'tibor» aksiyasi - Adliya vazirligi xayriya tadbiri

Jamiyat 14:26 / 18.01.2020 1655

Bugun, 18 yanvar kuni Adliya vazirligida "Biz birgamiz" loyihasi doirasidagi "E'tibor" xayriya tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Adliya xodimlari, taniqli madaniyat namoyondalari va imkoniyati cheklangan fuqarolar ishtirok etishdi. 

Bu tadbir orqali protezlar, ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari "O‘zbekiston nogironlar jamiyati"ning hududiy bo‘limlariga yetkazish rejalashtirilgan. 

Loyiha rahbari Avazbek Madaminovning aytishicha, Adliya vazirligi ko‘magi bilan "O‘zbekiston nogironlar jamiyati"ga Xitoyning "Shanxay nogironlari" federatsiyasi tomonidan yuborilgan 1200 donadan ortiq texnik vositalar berilgan va ularning 868 tasi shu tadbir orqali yetkaziladi. 

Xayriya aksiyasi davomida imkoniyati cheklangan shaxslarga O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi tomonidan ham badiiy kitoblar sovg‘a sifatida topshirildi.

Ma'lumot o‘rnida: «E'tibor» xayriya aksiyasi 2018 yildan beri amalga oshirilayotgan «Biz birgamiz» ijtimoiy loyihasi doirasida o‘tkazilgan uchinchi tadbir hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: