Farg‘onada qalin tuman sababli 4ta «Neksiya» «Kamaz»ga kelib urildi. Bir kishi vafot etdi

Jamiyat 15:01 / 18.01.2020 13524

2020 yil 18 yanvar kuni soat 11:00larda Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabar qilmoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Farg‘ona halqa avtomobil yo‘lida qalin tuman tushishi oqibatida ko‘rish darajasi pasayganligi sababli, 4R 112 “Farg‘ona halqasi” avtomobil yo‘lining 289-kilometrida haydovchi Buvayda tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan Yu.N. shu manzilda yashovchi otasiga tegishli “Kamaz-5511” rusumli avtomobilini burilib olish joyidan burib olayotgan vaqtida, qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan 4ta “Neksiya” rusumli transport vositalari Yu.N. boshqaruvidagi yuk avtomobiliga kelib urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Natijada “Neksiya” avtomobillarining uch nafar yo‘lovchisi va bir nafar haydovchisi tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan. 

Shuningdek, yana bir yo‘lovchi olgan tan jarohati oqibatida kasalxonada vafot etgan.

“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishni, respublikamiz hududida ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi, ayrim hududlarda qor yog‘ishi va avtomobil yo‘llarida muzlamalar hosil bo‘lishi, qalin tuman tushishi sababli avtomobil yo‘llarida harakat qatnashchilari uchun bir qator noqulayliklar keltirib chiqarishini inobatga olib yo‘llarda hushyorlik bilan harakat qilishingizni so‘raymiz”, - deyiladi ma'lumotda. 

Ko‘proq yangiliklar: