CES 2020 mehmonlari yana bir bor LG OLED installyatsiyalari – «To‘lqin» va «Favvora»dan hayratda qolishdi

Jamiyat 13:00 / 18.01.2020 11367

Tekis, egiluvchan va o‘raluvchi OLED-ekranlarining ta'sirli installyatsiyalari, LG'ning olamshumul innovatsiyalari namoyishi, displey texnologiyasi sohasida yetakchilik.

Joriy yilda  OLED-displeyi texnologiyasi sohasida jahon yetakchisi bo‘lgan LG Electronics (LG) kompaniyasi CES® an'anasini davom ettirgan holda CES ko‘rgazmasidagi katta LG stendida tashrif buyuruvchilarni qarshi oluvchi «LG OLED To‘lqin» installyatsiyasini o‘rnatdi.

Bir qancha moslashuvchan OLED-ekranlardan iborat installyatsiya LG OLED texnologiyasining hayratga soluvchi tasvir sifati va uning noyob shakl-shamoyillarni qabul qilish qobiliyatini namoyish etadi. LG CES 2020 stendining mehmonlari shuningdek, «Favvora» – mukammal qayriluvchi LG SIGNATURE OLED TV R (65RX modeli) displeylar tufayli harakatlanuvchi dizaynni o‘zida mujassamlashtirgan stendning bu qismidan ham zavq olishlari mumkin. Bebaho OLED-installyatsiyalari kompaniyaning texnologik yetakchiligi hamda uning innovatsiya kiritish va lol qoldira olish imkoniyatlaridan dalolat beradi.

LG OLED – har qanday tomosha burchagidan mutlaqo qora va g‘ayrioddiy kontrast bilan ajoyib tasvirlarni namoyish etadigan dunyodagi eng ilg‘or displey texnologiyasidir. O‘z-o‘zini yoritadigan piksellar maksimal darajadagi real tasvirni ta'minlash uchun alohida yoqiladi va o‘chiriladi. Ortiqcha yoritishga ehtiyoj sezmagan holda LG OLED-displeylari haddan ziyod yengil va ingichka bo‘lib, bu esa o‘z navbatida ideal devoriy televizorlarni yaratishga yoki displeylarni xuddi plakat kabi o‘rash mumkin bo‘lgan darajada ingichka qilish imkonini beradi.

Haybatli va hayratda qoldiruvchi «LG OLED-To‘lqin» 200 ko‘zgu ramkali 55-dyuymli LG OLED (128 botiq va qavariq hamda 72 tekis) ekranlaridan iborat. Balandligi 6 metr va kengligi 25 metr bo‘lgan dizayn tabiatning ulug‘vor mo‘jizalarini har qachongidan-da ta'sirliroq namoyish etgan holda CES ko‘rgazmasiga tashrif buyurgan mehmonlarni g‘aroyib yangiliklar olamiga olib kiradi. Okean to‘lqinlarining g‘ayritabiiy kuchidan tortib Shimoliy yog‘duga qadar «LG OLED-To‘lqin» tomoshabinlarni Yerdagi eng esda qolarli tabiat hodisalari va maskanlariga olib borgan holda atrofdagilar ichki hissiyotlarini timsollar va ovozlarga to‘ldiradi. Ular hattoki, okean to‘lqinlari ustida yurish qanday bo‘lishini his etishlari mumkin.

«Favvora» tashrif buyuruvchilarni 20 revolyutsion LG OLED-televizorlarining sinxron namoyishlari bilan hayratga soladi. Ingichka, nozik displeylar ajoyib xoreografik ketma-ketlikda yuqori va pastga burish orqali tasvirning mukammal sifatini namoyish etadi. O‘raladigan LG SIGNATURE OLED TV R televizorlari – foydalanilmaganda zamonaviy alyuminiy ustunga aylanuvchi, ko‘zdan butunlay g‘oyib bo‘luvchi ekranli dunyodagi yagona televizor. Futuristik televizor atrof-muhit bilan fazoviy munosabatlarni qayta talqin qiladi va televideniya tarixida sezilarli muvaffaqiyat hisoblanadi.

2016 yildan boshlab LG OLED installyatsiyalari katta xalqaro tadbirlarda ommalashib bordi. CES’dagi birinchi LG OLED-installyatsiyalaridan biri, 2016 yildagi «LG OLED Tunnel» gumbazsimon shaklga ega bo‘lib, tungi osmonning hayratlanarli manzaralarini namoyish etgan edi va fazoviy dizayn uchun LG kompaniyasiga  Red Dot Award mukofotini olib kelgandi. Keyingi yilda Milan dizayn haftaligida namoyish etilgan «Senses of the Future» katta yorug‘lik installyatsiyasi eng yaxshi installyatsiya uchun Milano Design Award 2017 mukofotini qo‘lga kiritdi va LG’ni ushbu mukofot hamda «Spatial Communication» nominatsiyasida Red Dot gran-prisiga sazovor bo‘lgan birinchi Koreya kompaniyasiga aylantirdi. O‘tgan yili CES ko‘rgazmasida namoyish etilgan «LG OLED Sharsharalari» installyatsiyasi yana bir marotaba  Red Dot Award 2019 mukofotini qo‘lga kiritdi.

CES 2020 ko‘rgazmasida LG stendiga tashrif buyurganlar yangi LG OLED-installyatsiyalarining qoyilmaqomligiga bevosita o‘z ko‘zlari bilan ishonch hosil qilish imkoniga ega bo‘lishdi. CES’dagi LG'ning barcha yangiliklari va e'lonlarini #LGCES2020 xeshtegidan foydalangan holda ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: