Ofis har tomonlama qulay joylashgan ― Toshkent shahrining naq markazida, «Amir Temur» shohko‘chasidan o‘rin olgan bo‘lib, barcha kerakli infratuzilma― do‘kon, dorixona, ovqatlanish shoxobchalariga yaqinligi kishini quvontiradi. Shaharning istalgan nuqtasidan sanoqli daqiqalarda va har qanday transport vositasida yetib kelish mumkin.
Bino universal tarzda loyihalashtirilgan: ofis maydonini open space uslubida ham, alohida xonalar shaklida ham tashkil etish mumkin.
Qulay ekspozitsiya binoning moslashuvchanligi, yuqori texnologik talablarga javob berishini ta'minlaydi.
The Tower Mall Management Group tomonidan taqdim etilayotgan «Orient» biznes markazi ijarachilar va hamkorlar uchun bir qator qulayliklarga ega: 150-300 kishiga mo‘ljallangan konferens-zallar, muzokaralar uchun turli formatdagi xonalar, beshta zamonaviy lift va qabulxonalar.
Qahvaxona, restoran, kichik savdo do‘koni, vending avtomatlari ham mehmonlar, rezidentlar xizmatiga doimo hozir-u nozir.
Biznes markazda dorixona, bank va hatto kimyoviy tozalash xonalarining mavjudligi esa har tomonlama qulaylikni yanada oshiradi.
«Orient» biznes markazidan ijaraga yoki sotuv asosida joy olgan mijozlar 170ta mashina sig‘imiga ega avtoturargoh, shu bilan birga, mehmonlar uchun 15ta mashina joylashadigan yerusti avtoturargohlaridan bepul foydalanish imkoniyatini ham qo‘lga kiritishadi.
Bu hali hammasi emas. «Orient» biznes markazidan joy xarid qilib, mulkdorga aylanishingiz, bundan foyda olishingiz ham mumkin. Kompaniya o‘z mijozlariga belgilangan stavkalarda maydonni ijaraga berish va uni boshqarish uchun kafolat beradi.
«Orient» biznes markazi haqida batafsil ma'lumot olish uchun:
Sayt: orient.thetower.uz
Telefonlar: +99899 8999998;+99899 8555680.
Reklama huquqi asosida