Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yangi bog‘cha qurishadimi yoki...» – Bekobodlik ota-onalarning savoliga necha oyki javob yo‘q
Tahririyatimizga Toshkent viloyati Bekobod shahridan murojaat kelib tushdi.
Unga ko‘ra, tumandagi 2-maktabgacha ta'lim muassasasi aholi uchun qulay joyda joylashgani va barcha sharoitlarga egaligiga qaramay, 2019 yili yarim-chala buzib tashlangan.
Ma'lum bo‘lishicha, 2014 yili ta'mirlangan bog‘cha 2019 yilda «foydalanishga yaroqsiz» deb topilib, sentabr oyida tom qismidan buzish boshlangan. Ammo noma'lum sabablarga ko‘ra buzish ishlari to‘xtab qolgan va mana to‘rt oydan buyon na u yoqli, na bu yoqli holatda – bog‘chaning taqdiri va agar buzilsa, o‘rniga nima qurilishi noma'lum.
Bolalarni shahardagi 4-sonli MTMga o‘tkazishgan. Ota-onalarning aytishicha, 4-bog‘chaning holati buzilishi boshlangan bog‘chadagichalik yaxshi emas. Ular qulay joyda joylashgan, sharoitlari va tarbiyachilari namunali bo‘lgan MTMning buzilishini xohlashmayapti. Agar buzib, yangidan quriladigan bo‘lsa, bu ishlar hozirgidek chala holatda qoldirilmay, tezroq qilinishini istashyapti.
Buzilishga tushgan bog‘cha «O‘zmetkombinat» AJ tasarrufida. Shu boisdan Bekobod shahar hokimligi bu boradagi savollarga kombinat mutasaddilari javob berishini aytdi.
«O‘zmetkombinat» vakili 2-sonli MTMga «foydalanishga yaroqsiz» deya baho berilgan xulosani taqdim etdi. “Stroitelstvo seysmostoykix soorujeniy” MChJ bergan xulosaga ko‘ra, MTM binosi 1954 yilda qurilgan va u avariya holatida: binoga odamlar kirishi taqiqlanadi, xavfli va zilzilaga bardoshli emas. Shu xulosaga asosan bog‘cha buzilishi boshlangan.
Ammo aholi 2-sonli MTMning keyingi taqdiri nima bo‘ladi, buzish ishlari nega oylardan buyon to‘xtab turibdi, bog‘cha buzib qayta quriladimi o‘zi, agar shunday bo‘lsa qachon kabi savollariga javob ola olmayapti. Hokimlik va kombinat vakillari ham bunga aniqlik kirita olishmadi.
Rahmatillo Isroilov, Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uitkoff uchun uyushtirilgan «sahna» - Tramp vakilining Isroil yordam markazlariga tashrifi G‘azodagi vaziyatni o‘zgartira oladimi?
Jahon | 20:49
-
Putin va Lukashenko skameykada o‘tirib intervyu berdi
Jahon | 20:34
-
Trampning ultimatumidan keyin Putin: «Oreshnik»ni seriyali chiqara boshladik»
Jahon | 20:07
-
Toshkent viloyatida bir qancha gaz «zapravkalari» faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
O‘zbekiston | 19:34
Mavzuga oid

12:45 / 03.01.2025
Bekobodda IIB binosiga olib kelingan fuqaroni urib o‘ldirib qo‘ygan xodim 9 yilga qamaldi

09:54 / 12.12.2024
Samarqandda bog‘cha yonib ketdi

14:21 / 25.06.2024
“Ko‘z o‘ngimda kaltaklab o‘ldirishdi” - Bekobod shahar IIB binosidagi o‘lim tafsiloti

13:44 / 21.06.2024