«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ bir necha lavozimlarga ishga taklif qiladi

Jamiyat 11:14 / 16.01.2020 34282

Sizni yuqori maoshli ish qiziqtiradimi?

U holda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJga qarashli »Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish Direksiyasi» MChJ energetika ma'lumotlarini qayta ishlash respublika yagona markazi mavjud bo‘lgan quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov e'lon qilayotganini ma'lum qiladi:

1. Markaz bo‘lim boshlig‘i

Vazifalari:

  • axborot texnologiyalari va jihozlari ekspluatatsiyasi departamentini boshqarish;
  • tizim, tarmoq uskunalari va infratuzilmasiga kompleks, ishonchli va sifatli xizmat ko‘rsatish, Internetga ulanish, yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan tarmoqlarning xavfsizligi, korxona hududida IT xizmatidan masofadan turib foydalanish va telekommunikatsiya masalalariga javobgarlik.

Talablar:

  • tarmoq va telekommunikatsiya resurslari, xizmatlari va ilovalari bilan ishlash bo‘yicha oliy ta'limga ega bo‘lishi;
  • energetika sohasida 5 yildan ortiq ish tajribasiga ega bo‘lishi;
  • IT va operatsion ekspertiza bo‘yicha ko‘nikmaga ega bo‘lishi;
  • tarmoq va telekommunikatsiya tizimlarining dasturiy ta'minotini loyihalashtirish va amaliyotga tatbiq qilish bo‘yicha ko‘nikmaga ega bo‘lishi;
  • tarmoq, telekommunikatsiya va hisoblash uskunalarini sotib olish, o‘rnatish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va boshqarish ko‘nikmalari;
  • yuqori samarali tarmoq ishlanmalari va opsiyalarni bilishi;
  • PMP (loyihalarni boshqarish bo‘yicha mutaxassis);
  • ishga sadoqati.

2. Tarmoq muhandisi

Vazifalari:

  • tarmoq infratuzilmasi, shu jumladan brandmauer, marshrutizator, kommutatorlar va simsiz aloqa tarmoqlariga xizmat ko‘rsatish, ularning ta'minoti hamda vujudga kelgan muammolarni bartaraf etish;
  • tarmoq trafigini monitoring qilib borish;
  • Internet, telekommunikatsiya va tarmoq ekspluatatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar bilan ishlash.

Talablar:

  • oliy ta'limga ega bo‘lishi;
  • 1 yildan ko‘p ish tajribasiga ega bo‘lishi;
  • kompyuter bilimdonligi, informatika yoki informatsion tizim boshqaruvi kabi yo‘nalishlarda o‘qigan va tegishli sohalar bo‘yicha darajasi yoki sertifikat (ta'lim, o‘qitish va tajribaning ekvivalent kombinatsiyasi ham ko‘rib chiqilishi mumkin)ga ega bo‘lishi;
  • brandmauer konfiguratsiyasi borasida chuqur tajribaga ega bo‘lishi;
  • marshrutizator, VPN-qo‘llanmalari va LAN/WAN/VLAN orqali bog‘lanish tajribasi;
  • kiber xavfsizlik bo‘yicha katta ish tajribasiga egaligi.

Shuningdek, quyidagilar mavjudligi maqsadga muvofiq:

  • CCVP (Cisco Certified Voice Professional) yoki muqobil CCNP (Cisco Certified Network Professional) Collaboration sertifikatiga ega bo‘lishi;
  • Tarmoq xavfsizligi bo‘yicha malakaga ega bo‘lishi.

3. Tizim muhandisi

Vazifalari:

  • tarmoq uskunalari va dasturiy ta'minotni boshqarish va vujudga kelgan muammolarni hal qilish;
  • dasturlarni o‘rnatish, sozlash, nosozliklarni bartaraf etish va texnik xizmat ko‘rsatish;
  • IT mutaxassisi sifatida tarmoqni boshqarish, dasturiy ta'minotni ishlab chiqish va ma'lumotlar bazasini boshqarishni ta'minlash;
  • uskunalar yetkazib beruvchilar bilan yangi texnologiyalarni baholash bo‘yicha ishlash, tizimdagi mavjud muammolarni hal qilish va ularning yechimini topish;
  • bir nechta loyihalarni boshqarish, shu jumladan, zarurat bo‘lganda yangi uskunalar va dasturiy ta'minotni joriy qilish;
  • turli masalalar bo‘yicha tizim foydalanuvchilariga yordam berish.

Talablar:

  • oliy ta'limga ega bo‘lishi;
  • server tizimini o‘rnatish va boshqarishda 1 yildan ortiq ish tajribasiga ega bo‘lishi;
  • reja-ko‘rsatmalar va kelishilgan standartlar asosida kabellar, elektr o‘tkazgichlar, apparat qurilmalari hamda tegishli dasturiy ta'minotni o‘rnatish, uni sinovdan o‘tkazish, joriy etish yoki bekor qilish. Apparat va dasturiy ta'minot tarkibiy qismlarini sinovdan o‘tkazish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda natijalarini qayd etib borish. Konfiguratsiyani yangilash maqsadida o‘rnatilgan uskuna va dasturiy ta'minotlar bo‘yicha hisobot berib borish;
  • taqdim etilgan yo‘riqnoma asosida uskuna va dasturiy ta'minotni hamda unga tegishli ulanishlarni o‘rnatish yoki tarmoqdan ajratish.

4. Monitoring muhandisi

Vazifalar:

  • CAS holatini kuzatish (Central AMI System/ Markaziy EEHONQAT);
  • har bir HETK va ETK dan olingan ma'lumotlarni qayta ishlash va konsolidatsiya qilish;
  • CAS dasturida ma'lumotlarni yaratish, yozish va nashr qilish.

Talablar:

  • oliy ta'limga ega bo‘lishi;
  • IT sohasida 1 yildan ortiq ish tajribasiga ega bo‘lishi;
  • ma'lumotlar bazasini loyihalash va modellashtirish, ETL qayta ishlov berish va ishlashni optimallashtirish kabi keng miqyosli ma'lumotlar xizmatlarini yaratish va tarqatish tajribasini namoyish etishi;
  • Linux, Windows, Apache Spark dasturlarida ish yuritish;
  • ochiq kodli dasturiy ta'minotni ishlab chiqish yoki ularni yuritishda ishtirok etish tajribasiga ega bo‘lishi;
  • Veb-brauzer tajribasi;
  • Docker bilan ishlash tajribasi;
  • testlarni olib borish va xatolarni tuzatish;
  • hujjatlar bilan ishlash.

Barcha nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

  • ingliz tilini mukammal bilishi;
  • yozma va og‘zaki muloqot qilish malakasi;
  • mustaqil ish yuritish, yaxshi mehnat munosabatlarini o‘rnatish va faol muloqot qilish bo‘yicha o‘z hissasini qo‘shishi;
  • hamkorlar, provayderlar va nazorat qiluvchi organlar bilan samarali hamkorlik qilish tajribasi;
  • samaraga olib boruvchi uchrashuvlar va jamoaviy ishlarni olib borish qobiliyati;
  • qiyin vaziyatlarda tezkor fikr yuritish qobiliyati.

Tanlov jarayoni O‘zbekiston Respublikasi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ «EEHOvaNQAT» Direksiyasi tomonidan ikki bosqichda amalga oshiriladi.

1-bosqich: nomzodlar quyida keltirilgan elektron manzil orqali ingliz, rus yoki o‘zbek tillaridagi ma'lumotnomalarini (CV word shaklida) 21 yanvarga qadar jo‘natishlari zarur.

2-bosqich: 22 yanvarga qadar ishchi guruh tomonidan CVlar o‘rganilib chiqib, 23 yanvar kuni suhbatga yetib kelishlari to‘g‘risida xabar beriladi.

Barcha hujjatlarni «EEHOvaNQAT» Direksiyasi kadrlar bo‘limining elektron manziliga yuborishingiz so‘raladi: aem-pmu@mail.ru

Bog‘lanish uchun (+99871) 233-01-28, 23373-27 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Nomzodlar anketalarni yuborishda albatta o‘z telefon raqamlarini ko‘rsatishlari lozim.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: