Toyloqda 50 yillik chinorni kesgan fuqaro jarima to‘ladi, yetkazilgan zarar sud orqali undiriladi

Jamiyat 11:31 / 15.01.2020 10279

12 yanvar kuni Toyloq tumani «Xo‘ja yuz» mahallasi fuqarolari hududidagi 50 yillik bir tup chinorning o‘zboshimchalik bilan kesilishi yuzasidan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga murojaat qilgan. Mahalla ahlidan bu borada Kun.uz saytiga ham murojaat kelib tushgan.

Shu kuni Samarqand viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va tuman inspeksiyasi vakillari mazkur muammoni o‘rganib chiqishgan.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, Xo‘ja yuz qishloq patronaj punkti hududida o‘sib turgan bir tup, diametri 76 santimetr bo‘lgan chinor daraxti ushbu mahallada yashovchi fuqaro F.Xudoyberdiyev tomonidan ruxsatsiz, noqonuniy ravishda kesilgan.

Ushbu holat yuzasidan F.Xudoyberdiyevga nisbatan «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi hamda «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunlarning tegishli moddalari talablarini buzganligi uchun Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ma'muriy qaror chiqarilgan va 1.115.000 ming so‘m jarima qo‘llanilgan.

Yetkazilgan 45.715.000 ming so‘m zararni undirish bo‘yicha to‘plangan hujjatlar tegishliligi bo‘yicha fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudiga taqdim qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: