LG kompaniyasi CES 2020 ko‘rgazmasida kelgusi avlod intellektual protsessorlariga ega 2020 yil 8K televizorlari to‘plamini taqdim etadi

Fan-texnika 19:29 / 15.01.2020 14103

Real 8K mahsulotlarini taqdim etayotgan LG Electronics (LG) kompaniyasi CES® 2020 ko‘rgazmasida 8K-televizorlarning yangi avlodini namoyish etadi. Umuman, 77 va 65 dyuym ekranli televizorlarning 8 modeli tanishtirilib, ular kompaniyaning 88- va 75-dyuym ekranli 8K-televizorlar qatorini to‘ldiradilar.

2020 yilning keng modellar qatori 8K premium-klassdagi 88 va 77-dyuymli LG SIGNATURE OLED (88/77 OLED ZX modellari) va LG NanoCell (75/65 Nano99, 75/65 Nano97, 75/65 Nano95 modellari) bo‘lgan televizorlarni o‘z ichiga oladi. Barcha modellarda ekran kengaytmasi Texnologiyalar Iste'molchilar Assotsiatsiyasi (CTA) talablaridan yuqori, zero 8K UHD sifatida aniqlanuvchi bu kengaytmalar kontrast modulyatsiyaning (CM) 50 foizli minimal pog‘onasi ko‘rsatkichiga mos kelishi lozim. Xususan, TÜV Rheinland kabi mustaqil laboratoriyalar LG SIGNATURE OLED 8K va LG 8K NanoCell TV televizorlari kontrast modulyatsiyaning ancha yuqori ko‘rsatkichlarini namoyon qilayotganini tasdiqlaganlar.

LG 8K televizorlari Real 8K samarasini ta'minlash bilan cheklanib qolmagan. Ular kelajak sari yuzlanib, Real 8K formatining barcha jihatlaridan foydalanish va tasvirdan lazzatlanish imkoniyatlarini berishni ko‘zlaydi. LG kompaniyasining yangi 8K-televizorlari 8K kontentining oqimini sekundiga 60 kadr tezlikda qo‘llab-quvvatlash bilan birgalikda HDMI bo‘yicha 8K 60P uzatishi sertifikatlangan. Shuningdek, yangi modellar 8K kontentni HEVC, VP9 va AV1 kabi kodlash formatlarining keng tanlovini qo‘llab-quvvatlaydi.

LG televizorlarining 8K kengaytmali yangi modellari Alpha 9 Gen 3 AI intellektual protsessorlari tufayli kuchaytirilgan ish qobiliyatiga ega. Chuqur o‘rganish algoritmini qo‘llash ortidan, 2020 yil modellari sun'iy idrok yordamida 8K masshtablash orqali   yuqori tasvir va ovozni optimallashtirishga erishgan. Yangi protsessor chuqur algoritmlashga tayangan holda va Sharpness Enhancer chastotasiga asoslangan Quad Step Noise Reduction uslubini qo‘llab, pastroq kengaytmali kontentni deyarli 8K darajasiga yetkazishi mumkin.

AI Picture Pro'ni o‘zida jamlagan Alpha 9 Gen 3 kabi yangi funksiyalar inson qiyofasi va matnlarni tanib olish hamda terining tabiiy jilolariga erishish bilan birga matnni tiniqlashtirish imkonini beradi. Yana bir yangi funksiya – janrning avtomatik tanlovi, kontentni to‘rtta janrga tasniflaydi. Kino, sport, standart va animatsiyalarga bo‘lgan holda tasvirni sozlashni ayni kontent turidan kelib chiqib avtomatik tarzda amalga oshiradi.

Sound Pro ot LG ovozni to‘rtta toifaga tasniflaydi – musiqa, filmlar, sport, drama va yangiliklar. Bu esa o‘z navbatida ovoz sifatini 5.1 virtual shakl darajasiga oshirishni optimallashtiradi.

iOT qurilmalari ustidan nazorat televizorni boshqarishning ovozni tanuvchi ThinQ va Apple AirPlay 2 / HomeKit funksiyalarini qo‘llab-quvvatlovchi uy paneli yordamida amalga oshiriladi. Boshqa ovoz yordamchilari Google Assistant va Amazon Alexa tizimida ishlaydi, Alexa Premium Far-Field Voice tayyorlaydi.  

«LG iste'molchilarga tasvirdan unutilmas zavq olish imkoniyatini berishni istaydi» – deydi LG Home Entertainment Company prezidenti Pak Xyon-sey. «LG 8K OLED va NanoCell televizorlari bilan esa mijozlar kelajakka mo‘ljallangan, formatidan qat'i-nazar yuqori sifatli tasvir ajoyib namoyish etuvchi mahsulot xarid qilishlariga amin bo‘lishlari mumkin».

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: