Xitoylik harbiy haydovchilar qanday mashq qiladilar (video)

Jahon 08:53 / 14.01.2020 25799

Internetda Xitoy armiyasi haydovchilarining mashg‘ulotlari videosi paydo bo‘ldi.

Haydovchilar asosiy manyovrlardan tashqari, drift asoslari, orqa bilan yurish san'ati va katta tezlikda mashinani parallel parkovka qilish, turli to‘siqlarni yengib o‘tishni o‘rganadilar.

Harbiy haydovchilarning mashqlari maxsus poligonda o‘tkaziladi. Videoda ko‘rsatilgan harbiylar Tibetda xizmat o‘taydilar, shu sababli ularga boshidan yuqori talablar qo‘yiladi. Mashqlar Dongfeng harbiy yuk mashinalari va Beijing BJ2020 rusumli yo‘ltanlamaslarda amalga oshiriladi.

Haydovchilar “politsiyacha burilish”, orqa bilan parallel parkovka qilish, soatiga 60 km tezlikda boshqariluvchi sirpanish, S-simon yo‘nalish bo‘yicha orqa bilan yurishga o‘rgatiladilar. Bundan tashqari, haydovchilar orqa bilan yurib, osib qo‘yilgan pufakni o‘tkir armatura bilan yorishlari kerak bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: