Video: Toshkentda yosh bola 5-qavatdan quladi, uni pastda turgan odamlar tutib qolishdi

Jamiyat 19:49 / 14.01.2020 94450

Ijtimoiy tarmoqlarda 14 yanvar kuni Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida 5-qavatda yosh bola osilib qolgani va pastga tushib ketgani aks etgan video tarqaldi.

Videoda bola uy derazasi panjarasiga osilib turgani va uy ichiga qaytib kirishga uringani, lekin ko‘p o‘tmay pastga tushib ketganini ko‘rish mumkin. Bola pastga qulayotganida uchinchi qavat derazasi tomiga urilgan, uni pastda mato tutib turgan kishilar qutqarib qolishgan.

«14 yanvar kuni soat 16:18da Olmazor tumani Beruniy dahasi 3-blok 135-xonadondan chaqiruv bo‘lgan. Tez tibbiy yordam mashinasi o‘z vaqtida yetib borgan. Unda 3 yosh-u 11 oylik A.X. uyda yolg‘iz qolgani sababli o‘ynab, derazadan chiqib ketgan, lekin uni aholi ko‘rib, pastda adyol tutib ushlab qolgan.

Tez tibbiy yordam guruhi 7 daqiqa ichida yetib borgan, birinchi yordam voqea joyida ko‘rsatilgan, zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan; ayni paytda malakali shifokorlar tomonidan unga sifatli davo choralari qo‘llanilyapti. Og‘ir jarohat olmagan. Bosh miya chayqalishi deb birlamchi tashxis qo‘yilgan. Ahvoli hozir barqaror», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayevning telegramdagi kanalida.

Ko‘proq yangiliklar: