Tramp AQSh bayrog‘ini toptashdan bosh tortgan eronliklarni maqtadi

Jahon 08:49 / 14.01.2020 26931

AQSh prezidenti Donald Tramp eronlik namoyishchilarni AQSh bayrog‘ini toptashdan bosh tortganlari uchun maqtadi.

“Qoyil! Ajoyib eronlik namoyishchilar bizning buyuk bayrog‘imizni toptash yoki tahqirlashdan bosh tortishdi. Bayrog‘imizni toptash uchun ko‘chaga qo‘yishgandi, biroq ular uni aylanib o‘tishdi. Katta taraqqiyot!”, deb yozgan Tramp tvitterda.

Eronda AQSh va Isroil bayroqlari odamlar ularning ustidan o‘tishi uchun ko‘chada chizib qo‘yilgan. Biroq namoyishchilarning aksariyati bayroqlar tasvirlari ustidan yurishni istashmagan. Ular “Bizning dushman AQSh emas, bizning dushman shu yerda”, deb hayqirishgan.

Eronda Ukrainaning Boeing 737-800 yo‘lovchi samolyoti urib tushirilgani bilan bog‘liq holda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishlar Islom inqilobi muhofizlari korpusi samolyot halokati uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgandan keyin boshlangan.     

Avvalroq Tramp eronlik namoyishchilarni forschada qo‘llab-quvvatlab, ularni jafokash, biroq jasur xalq deb atagandi. 

Ko‘proq yangiliklar: