Shimoliy Amerikada yilning eng yaxshi avtomobillari e'lon qilindi 

Fan-texnika 23:10 / 14.01.2020 44499

«Shimoliy Amerika yil avtomobili» tanlovi hakamlar hay'ati uchta yo‘nalish - eng yaxshi yengil avtomobil, eng yaxshi krossover va eng yaxshi pikap yo‘nalishlarida g‘oliblarni aniqladi. 

Hakamlar hay'ati avtomobillar olamini yorituvchi 50 nafar amerikalik va kanadalik jurnalistdan iborat bo‘lgan.

Tanlov uchta bosqichda o‘tkazilib, uning ilk bosqichi 2019 yil iyunda bo‘lib o‘tgan. Hakamlar har bir avtomobilni o‘z segmentida yetakchilik qilishi, unda qo‘llangan innovatsiyalar, intereri va ekstereri dizayni, xavfsizligi, yurish ko‘rsatkichlari va egasining undan qoniqishi bo‘yicha baholashgan.

Natijada 30 ta da'vogar modeldan 3 tadan finalchi tanlab olingan. 

Toyota Supra

Tanlov natijalariga ko‘ra, 2020 yilning eng yaxshi yengil avtomobili deb Chevrolet Corvette Stingray C8 topilgan. U ovoz berishda Hyundai Sonata va Toyota Supra’ni ortda qoldirgan.

Kia Telluride
Lincoln Aviator

Krossoverlar orasida eng yaxshi 8 o‘rindiqli Kia Telluride bo‘lgan. 2-o‘rinni Hyundai Palisade, 3-o‘rinni Lincoln Aviator egallagan.

Pikaplar orasida Jeep Gladiator eng yaxshi deb e'tirof etilgan. U bu borada Ford Ranger va Ram Heavy Duty’ni ortda qoldirgan.

2019 yilda Shimoliy Amerikada eng yaxshi yengil avtomobil Genesis G70, eng yaxshi krossover Hyundai Kona va eng yaxshi pikap Ram 1500 bo‘lgan.

Ram Heavy Duty
 
Jeep Gladiator
Hyundai Palisade
Ford Ranger
Ko‘proq yangiliklar: