Samarqand viloyat sudi ish vaqtida falaj bo‘lib vafot etgan yollanma ishchi foydasiga ajrim chiqardi

Jamiyat 14:10 / 14.01.2020 12149

Dekabr oyida Kun.uz saytida «Afrosiyob qurilish invest» MChJga qarashli qayroqtosh maydalash sexida belgilangan tartibda mehnat shartnomasi tuzmasdan ishlagan va ish vaqtida tosh maydalash uskunasiga kirib ketib, butun umrga falaj bo‘lib qolgan samarqandlik Alimardon Tursunovning taqdiri haqida material e'lon qilingan edi.

Keyinroq, Alimardon Tursunovning 2019 yil 28 dekabr kuni vafot etgani, uning  yaqinlari tomonidan mehnatda mayib bo‘lgani munosabati bilan to‘lanadigan to‘lovlarni va tibbiy muolajalar uchun sarflangan moddiy zararni undirish to‘g‘risida kiritilgan da'vo arizasi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudida ko‘rib chiqilayotgani xabar qilindi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining shu yil 7 yanvardagi ajrimi bilan marhumning onasi – Ozoda Soatovaning da'vo arizasi qisman qanoatlantirildi.

Sud ajrimi bilan mazkur ish bo‘yicha birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qisman bekor qilinib, javobgar «Afrosiyob qurilish invest» va N.Mirzaqulovdan da'vogar Ozoda Soatova foydasiga 3 184 478 so‘m moddiy va 20 million so‘m ma'naviy zarar undirish belgilandi.

Anvar Mustafoqulov

Ko‘proq yangiliklar: