Qozog‘istondagi xalqaro olimpiadada o‘zbekistonlik o‘quvchilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Jamiyat 15:32 / 14.01.2020 4187

9-15 yanvar kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida dunyoning 21 davlatidan 600 nafarga yaqin o‘quvchilar ishtirokida matematika, fizika va informatika fanlaridan 16-xalqaro Jautikov olimpiadasi (IZHO) bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu olimpiadada qatnashgan O‘zbekiston jamoasi 6 ta medalni qo‘lga kiritdi. Yurtimiz akademik litsey o‘quvchilari musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib, terma jamoa g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi. 

Ulardan akademik litsey o‘quvchilari 3 ta bronza olgan bo‘lsa, maktab o‘quvchilari 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Jumladan, Buxoro davlat universiteti Qorako‘l akademik litseyi 2-kurs o‘quvchisi Shahboz Hasanov, O‘zbekiston milliy universiteti Tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan S.Sirojiddinov nomidagi respublika akademik litseyining 2-kurs o‘quvchisi Farruh Mahmudov hamda Namangan davlat universiteti akademik litseyi o‘quvchisi Ibrohimjon Mirg‘iyosovlar matematika fanidan bronza medalni qo‘lga kiritdilar.

Ko‘proq yangiliklar: