Farg‘onada YPX inspektori o‘qituvchini yerga yiqitib, majburlab mashinaga o‘tqizdi

Jamiyat 13:35 / 14.01.2020 132073

Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi va fuqaro ishtirokida yuz bergan holat tasvirlangan video tarqaldi. Unda YPX xodimi yoshroq yigitni yerga yiqitib, avtomobilga majburlab chiqarayotganini ko‘rish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu holat Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani hududidagi harbiy poligonda, 2020 yilning 11 yanvar kuni 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘layotganligi sababli “Farg‘ona-Chimyon” yo‘li YPX xodimlari tomonidan yopilgan vaqtida, Farg‘ona tumani Oqbilol qishlog‘idagi 22-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘quvchilarini poligondagi tadbirga o‘qituvchilar hamrohligida avtobusda olib kelingan paytda sodir bo‘lgan. 

“Shu hududda xizmat olib borayotgan Farg‘ona viloyati IIB YHXB YPX inspektori I.Odilov maktab o‘qituvchilariga tadbir sababli yo‘l yopilganligini, rahbarlardan ruxsat so‘rash kerakligini aytgan vaqtida, o‘qituvchi: “menda ruxsatnoma bor, o‘tishim kerak” deb, inspektorga qo‘pol muomala qilgan va inspektor bilan maktab o‘qituvchisi o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan”, - deyiladi xabarda. 

Birlamchi ma'lumotga ko‘ra, maktab o‘qituvchisi YPX xodimini haqorat qilganligi uchun xodim uni yerga yiqitib, patrul avtomobiliga o‘tqizmoqchi bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan IIV YHXBB tomonidan nazoratga olinib, ayni paytda xizmat tekshiruvi olib borilayotgani aytiladi. 

Ko‘proq yangiliklar: