Andijon viloyatida tabiiy gaz bosimi pasayishi mumkin 

Jamiyat 12:15 / 14.01.2020 7746

Andijon viloyatida ta'mirlash ishlari sababli tabiiy gaz bosimi pasayishi mumkin. Bu haqda “Hududgaz Andijon” MChJ matbuot xizmati xabar bergan.

“O‘ztransgaz” va “Hududgazta'minot” AJ tomonidan Toshkent viloyati, Toshkent shahri va Farg‘ona vodiysi viloyatlariga tabiiy gaz yetkazib beruvchi magistral gaz quvurlarida ta'mirlash ishlar olib borilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan yuqorida keltirilgan hududlarda 2020 yil 14 yanvar soat 08.00 dan 2020 yil 15 yanvar soat 08.00 ga qadar magistral gaz quvurlarida tabiiy gaz bosimi pasayishi kuzatiladi.

“Hududgaz Andijon” MChJ tasarrufidagi barcha shahar va tumangaz filiallariga magistral gaz quvurlari orqali yetkazib berilayotgan tabiiy gazni birinchi navbatda aholi, ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy soha muassasalariga yo‘naltirilishi, tabiiy gazga bog‘liq ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha ishlar tashkil etildi va kuchaytirilgan ishchi guruhlarning shayligi ta'minlangani aytiladi.

“Hududgaz Andijon” MChJ ta'mirlash ishlari tufayli gaz ta'minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste'molchilaridan uzr so‘ragan.

Ko‘proq yangiliklar: