Xitoy kompaniyasi robot mushukni namoyish etdi

Foto: TechCrunch
Los-Anjyelesda bo‘lib o‘tgan Xalqaro iste'mol elektronikasi ko‘rgazmasida (CES) Xitoyning Elephant Robotics kompaniyasi robot mushukni namoyish etdi. Bu haqda TechCrunch portali xabar berdi.
MarsCat deb nomlangan robot mushuk butunlay mustaqil bo‘lib, uni sozlash mumkin. U qo‘l tegizish va egasining ovoziga javob qaytaradi. U shuningdek, turli buyumlar bilan o‘ynay ham oladi.
Robot mushuk hozircha erkin savdoga chiqarilmagan, ammo unga kompaniya saytida 700 dollar evaziga buyurtma berish mumkin.
MarsCat robot mushugi Elephant Robotics kompaniyasining uyda foydalanish uchun mo‘ljallangan birinchi mahsuloti bo‘ldi. 2016 yilda tashkil etilgan kompaniya sanoat korxonalari uchun robotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid

12:00 / 12.02.2025
Italiyada mushuk sabab samolyot parvozi ikki kunga kechiktirildi

22:37 / 20.01.2025
Xitoylik qiz mushugi tufayli ish va mukofotdan mahrum bo‘ldi

20:37 / 11.10.2024
Toshkentda mushukka beshafqatlik qilgan o‘qituvchi ishdan bo‘shadi

15:44 / 11.10.2024