Tramp Erondagi namoyishchilarni forschada qo‘llab-quvvatladi 

Jahon 08:50 / 12.01.2020 24496

AQSh prezidenti Donald Tramp Erondagi namoyishchilarni tvitterda forscha tvit bilan qo‘llab-quvvatladi.  

“Anchadan beri jafo chekayotgan, biroq jasur eronliklarga: Men prezidentligimning boshidan siz bilan birgaman va mening ma'muriyatim ham siz bilan birga bo‘lib qoladi. Biz sizning noroziligingiz ortidan sinchkov kuzatmoqdamiz va mardligingizdan ilhomlanmoqdamiz”, deb yozgan Tramp. 

AQSh prezidentining ta'kidlashicha. Eron hukumati “huquqni himoya qiluvchi guruhlarga mamlakatdagi norozilik joylaridagi vaziyatni kuzatish va bu haqida xabar berishga imkon berishi kerak.

“Tinch namoyishchilarga qarshi navbatdagi qirg‘in, internetdan uzib qo‘yish boshqa bo‘lishi kerak emas. Dunyo kuzatmoqda”, deb qo‘shimcha qilgan Tramp keyinroq.

11 yanvarda Tehrondagi Amir Kabir nomidagi universitet yonida Ukrainaga qarashli samolyotning aviahalokati qurbonlari xotirasiga talabalar aksiyasi bo‘lib o‘tgan. Aksiya Eron yo‘lovchi samolyoti yanglish urib tushirilganini tan olgandan keyin boshlangan. Namoyish halokatda aybdorlarning iste'fosi va sudlanishi talablari bilan norozilik aksiyasiga aylanib ketgan. Keyinroq politsiya namoyishchilarni tarqatishga muvaffaq bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: