Tramp Iroq pul to‘lamasa Amerika qo‘shinlari bu yerdan chiqib ketmasligini aytdi

Jahon 19:20 / 11.01.2020 55923

AQSh prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida Iroq hukumati Amerika qo‘shinlari bu davlatdan chiqib ketadigan bo‘lsa, harbiy bazalar va Bag‘doddagi elchixona qurilishi uchun kompensatsiya to‘lashi kerakligini aytdi.

«Ularga: «Agar ketadigan bo‘lsak, bizga pul to‘lashingizga to‘g‘ri keladi dedim», — dedi u.

Trampning qayd etishicha, agarda Bag‘dod pul to‘lashdan bosh torsa, AQSh harbiy xizmatchilari bu yerni tark etmaydi.

AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Iroqda Amerika qo‘shinlari olib chiqib ketilishi to‘g‘risida «faqat omma oldidagina gapirilyapti», ammo yopiq yig‘ilishlarda bu masala ko‘tarilayotgani yo‘q.

Vashington Iroqdan qanday tarzda pul undirishi mumkinligi to‘g‘risidagi savolga Tramp: «Bizda ularning ko‘p puli bor» deb javob qaytardi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, gap Iroqning Amerikadagi banklarga joylashtirgan 35 mlrd dollar haqida bormoqda. 

«Ular pul to‘lashga rozi bo‘lishadi deb o‘ylayman. Aks holda biz u yerda qolamiz», — dedi u.

Ko‘proq yangiliklar: