BAAning keyingi 50 yil uchun yangi logotipi taqdim etildi

Jahon 00:06 / 11.01.2020 11935

BAA bosh vaziri, vitse-prezidenti, Dubay amiri Muhammad bin Rashid Ol Maqtum va Abu-Dabi valiahd shahzodasi, BAA qurolli kuchlari oliy qo‘mondoni o‘rinbosari Muhammad bin Zoid Ol Nahayon Birlashgan Arab Amirliklarining keyingi 50 yil uchun yangi logotipini taqdim qildi.

Foto: Twitter /HHShkMohd

“Bugun men, mening inim Muhammad bin Zoid va amirliklarning 49 nafar innovatori BAA uchun yangi logotipni taqdim etmoqdamiz. Ushbu logotip o‘zidan xaritamiz, bizning o‘sib borayotgan intilishlarimiz, oldinga olg‘a borayotgan 7 amirlik, tarixga kirgan 7 asoschini aks ettiradi”, deb yozgan Dubay amiri tvitterda.

Yangi logotip ovoz berish yo‘li bilan tanlangan. U uchun 10 mlndan ko‘proq odam ovoz bergan. Bunga minnatdorlik sifatida amirliklarda 10 mlnta daraxt ekiladi. Ta'kidlanishicha, endilikda BAAning barcha muassasa va tashkilotlari yangi logotipdan foydalanishni boshlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: