Rossiya va Belarusda O‘zbekistonda olingan diplomlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadi

Jamiyat 21:20 / 10.01.2020 10450

2019 yilda Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi va O‘zbekiston o‘rtasida diplomlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinishi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqida Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lumot berildi.

«Bu masala hukumatlararo darajada hal qilindi va bitimlar imzolandi. Endi O‘zbekistonda ta'lim olgan yoshlar bu davlatlarga borsa, ular diplomi bilan bemalol ish topa olishlari mumkin», deya ta'kidladi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Toshkenbayev.

Uning qayd etishicha, endi Rossiya yoki Belarusda O‘zbekiston diplomiga ega yoshlar ta'lim darajasiga qarab ishga joylashishlari mumkin bo‘ladi. Masalan, ma'lumoti bor odam Rossiyada farroshlik qilishga majbur bo‘lmaydi.

«Ta'limda bakalavr bosqichi 6 daraja, magistratura esa 7 daraja hisoblanadi, bu darajalarga ega insonlar endi o‘zlariga munosib joyda ishlaydi. Bu – juda katta yutuq», deya qayd etdi Ulug‘bek Toshkenbayev.

Shuningdek, inspeksiya mas'ullarining qayd etishicha, boshqa xorijiy davlatlar bilan ham xuddi shu tartibda kelishuvlarga erishish uchun harakatlar olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: