Pragada Polsha vizasi va Ukraina guvohnomasiga ega bo‘lgan o‘zbekistonlik taksichi ushlandi

Jamiyat 13:30 / 10.01.2020 12359

Praga politsiyasi taksi buyurtma qilish bo‘yicha onlayn-servislardan birida ishlagan taksichini qo‘lga oldi. Vinegret.cz internet nashri xabar qilishicha, erkak huquq-tartibot idoralari xodimlarini bir qator qonunbuzarliklar sodir etganiga qaramay, o‘zini xotirjam tutgani bilan hayratga solgan.

«Haydovchi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqdi. U Polsha davlat raqamlari bo‘lgan mashinani boshqarib yurgan, haydovchilik guvohnomasini esa Ukrainada olgan. Bundan tashqari, Chexiya hududida u Polshaning uzoq muddatli vizasi asosida bo‘lgan. Erkak kamida ikkita qonunbuzarlik sodir etgan - ishga joylashish huquqisiz ishlagan hamda tegishli ruxsatnomasiz taksi xizmatlarini ko‘rsatgan», - deyiladi xabarda.

Pragalik politsiyachilar tegishli bayonnoma tuzishdi va qonunbuzar shaxsni shahar meriyasiga topshirishdi.

Ko‘proq yangiliklar: