2020 yilning 6 yanvar kuni soat 20:30larda Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, Yozyovon tumanida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan M.A. turmush o‘rtog‘iga tegishli “Neksiya” avtomobilini boshqarayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan mast holda kesib o‘tayotgan piyoda Farg‘ona shahrida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan Ch.I.ni urib yuborgan.
Natijada, piyoda Ch.I tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga amal qiling. Yo‘l hushyorlik va intizomni yoqtiradi, buni har doim yodda saqlang”, - deyiladi YHXBB ma'lumotida.