Zangiotada sodir etilgan jinoyat fosh qilindi

Jamiyat 15:10 / 09.01.2020 25325

2019 yilning 12 noyabr kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani Xonobod qo‘rg‘onida yashovchi 35 yoshli I.A. ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.

U shu kuni noma'lum shaxslar uning uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib xonadonning mehmonxonasidagi shkafdan 5.500.000 so‘m pul, 2.100 AQSh dollar va sariq metaldan yasalgan tilla taqinchoqlarni yashirin ravishda talon-toroj qilishganligini ma'lum qilib, ularni aniqlab qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma'lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b, v, g” bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing ancha miqdordagi mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilishda ifodalangan o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni 30 yoshli J.A. va 29 yoshli B.T. sodir etganligi aniqlanib, gumondorlar protsessual tartibda ushlanganlar.

Dastlabki tergov jarayonida ular jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda tergov davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: