Joriy yilning 9 yanvar kuni Yunusobod tumanidagi ayrim mavzelarda issiq suv va issiqlik energiyasi ta'minotida uzilish bo‘ladi.
“Toshissiqquvvati” DUK xabariga ko‘ra, tumanning 2, 3, 4, 5, 11, 13, 14, 17 mavzelari, Shahriston, Yangishahar, A.Temur ko‘chalarida issiqlik quvurlarini ta'mirlash ishlari boshlangan.
Shu munosabat bilan mazkur hududda istiqomat qiluvchi iste'molchilar kun davomida issiq suv va issiqlik energiyasidan vaqtincha uziladilar.
Ayni vaqtda ko‘rsatilgan manzillarda mutaxassislar tomonidan maxsus texnikalar yordamida ish olib borilyapti.
“Toshissiqquvvati” keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.