Toshkent shahrining ba'zi hududlarida ta'mirlash ishlari sababli gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgazta'minot» AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan:
2020 yil 10 yanvar kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumani 3-mavze «3-Katta Chilonzor» mahallasi hududidagi past va o‘rta bosimli gaz quvurlarida ta'mirlash-tiklash ishlari olib borilishi sababli, tumanning 3-mavzesidagi 36A, 47, 48, 49-ko‘p qavatli uylarning jami 196 ta xonadoni, «Estimed» klinikasi va 1 ta novvoyxona soat 11:00 dan 17:00 ga qadar;
Yakkasaroy tumani «M.Tarobiy» ko‘chasidagi «Best-house» MChJ obektida o‘rta bosimli yer osti gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash bilan bog‘liq ta'mirlash-tiklash ishlari olib borilishi sababli, «UNIVERSAL DEALTR», «KENG MAKON» «IDEAL» kabi ulgurji iste'molchilari soat 10:00 dan 18:00 ga qadar tabiiy gaz ta'minotidan vaqtincha uziladi.
Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.
«Hududgazta'minot» AJ ta'mirlash ishlari tufayli gaz ta'minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste'molchilaridan uzr so‘ragan.