Xominaiy AQShning Iroqdagi bazalariga berilgan zarbani Amerikaga tushirilgan tarsaki deb atadi

Jahon 15:10 / 08.01.2020 30487

Eron oliy ruhoniysi oyatulloh Ali Xominaiy AQShning Iroqdagi bazalariga berilgan zarbani Amerikaga tushirilgan tarsaki deb atadi va amerikaliklar mintaqani tezroq tark etishlari zarurligini ta'kidladi. Bu haqda IRNA agentligi xabar bermoqda.

"Kechagi voqea (AQSh bazalariga berilgan zarba – tahr.) – AQShga tushirilgan tarsaki. Amerika mintaqadagi balolar manbai hisoblanadi. Amerikalik barcha harbiylar mintaqani tezroq tark etishlari shart", - dedi u. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShning Iroqdagi bazalariga berilgan zarba "Al-Quds" bo‘linmasi qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniyning amerikaliklar tomonidan o‘ldirilishiga nisbatan berilgan tengma-teng javob emas.

Xominaiy Vashingtonning Iroqdagi maqsadi "amerikaliklarga neft hududlarini nazorat qilishga imkon beruvchi rejimni tuzish va qo‘llab-quvvatlash" bo‘lganini ta'kidladi.

Ko‘proq yangiliklar: