Izmirdagi mebel do‘konidan O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi

Jamiyat 12:28 / 08.01.2020 15595

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi (Turkiya) bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvar kuni Izmir shahridagi mebel do‘konlaridan birida u yerda ishlovchi O‘zbekiston fuqarosi A.A.ning jasadi topilgan. Mazkur holat yuzasidan tergov tadbirlari olib borilmoqda.

TIV xabariga ko‘ra, bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va hamyurtimizning jasadini dafn etish uchun vatanga yuborishda A.A.ning qarindoshlariga konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarda yordam berishga tayyor.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etgan va Turkiya, Bolgariya, Ruminiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda mamlakatning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75.

Ko‘proq yangiliklar: