AQSh harbiylari Suriyadagi ikki bazani tark etib, Iroqqa yo‘l oldi

Jahon 18:19 / 08.01.2020 81268

Amerika harbiylari Suriya shimoli-sharqidagi ikkita bazani tark etdi, deb xabar berdi SANA agentligi.

Agentlikning ma'lumot berishicha, 40 dona yuk mashinasi Xurab-Jayr bazasidan Iroq bilan chegara tomon yo‘l olgan. O‘z navbatida Shaddodiy shahridagi bazadan ham 50 dona yuk mashinasi Iroq bilan chegaradagi al-Volid nazorat-o‘tkazish punkti tomonga yo‘nalgan.

Xabarda aytilishicha, bu "bosqinchi qo‘shinlarning uzil-kesil chiqib ketishiga tayyorgarlikdir".

8 yanvarga o‘tar kechasi Iroq g‘arbidagi AQSh askarlari joylashgan Ayn al-Asad harbiy-havo bazasi Eron tomonidan raketa hujumiga uchradi. Bu haqda Islom inqilobi soqchilar korpusi tomonidan tarqatilgan bayonotda ma'lum qilindi.

Hujum eronlik general Qosim Sulaymoniyning o‘limi uchun o‘ch olish harakati deb ataldi.

Ko‘proq yangiliklar: