Qoraqalpog‘iston va Xorazmning ayrim hududlarida elektr energiyasida uzilishlar bo‘ladi

Jamiyat 11:08 / 07.01.2020 6684

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim hududlarida elektr energiyasida uzilishlar bo‘ladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, 220 kV.li «Taxiatosh» issiqlik elektr stansiyasidan «Xorazm» podstansiyasi orqali «Sarimoy» aholi yashash punktigacha elektr uzatish tarmog‘ini qurish investitsion loyihasi amalga oshirilmoqda. 

Shu bois, ishlarni xavfsiz amalga oshirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim hududlarida joriy yilning 7-8 yanvar kunlari elektr energiyasi ta'minotida qisqa muddatli uzilishlar bo‘ladi. 

Bildirilishicha, mazkur loyiha Xorazm va Navoiy viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarida istiqomat qiluvchi aholi, ijtimoiy ahamiyatga ega obektlar, kichik va o‘rta biznes hamda sanoat korxonalarini sifatli elektr energiyasi bilan muntazam ravishda ta'minlashni kafolatlash uchun xizmat qiladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste'molchilardan uzr so‘ralgan.

Ko‘proq yangiliklar: