Toshkent shahrining ba'zi hududlarida gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Jamiyat 08:39 / 06.01.2020 5750

Toshkent shahrining ba'zi hududlarida gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgazta'minot» AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

2020 yil 6 yanvar kuni Yashnobod tumani, «Olmos» MFY hududidan o‘tuvchi o‘rta bosimli gaz quvurlarida ta'mirlash ishlar olib borilishi munosabati bilan, «Olmos» MFY hududidagi 58a harbiylar uyining (49ta 5 qavatli) jami 2200 ta xonadoni, «Olmos» mahalla kesimidagi jami 700 ta aholi va ulgurji gaz iste'molchilari, shuningdek, Qibray tumani Turob Nurmuhammedov hamda 93/908-son harbiy qismga yo‘naltirilgan gaz quvurlariga soat 10:00 dan 17:00 ga qadar tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Qayd etilishicha, ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.

«Hududgazta'minot» AJ ta'mirlash ishlari tufayli gaz ta'minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste'molchilaridan uzr so‘ragan.

Ko‘proq yangiliklar: