Oltin narxi rekord darajaga ko‘tarildi

Foto: REUTERS
Oltin narxi 2,3 foizga oshdi va 2013 yil apreldagi rekorddan oshib ketdi. Hozirda uning bir unsiyasi (31,1 gramm) 1588,13 dollarga yetdi. Narx ko‘tarilishiga Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashishi sabab bo‘ldi, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi.
Boshqa qimmatbaho metallar narxi ham oshib ketdi. Palladiyning bir unsiyasi bahosi rekord - 2030,28 dollarga yetdi.
Kumush narxi ham maksimumni qayd etdi va bir unsiyasi 18,5081 dollarni tashkil qilmoqda.
Agentlikning yozishicha, Goldman Sachs tahlilchilari oltin narxi neft narxiga nisbatan tezroq oshishini kutishmoqda.
2 yanvardan 3 yanvarga o‘tar kechasi Iroqda Amerika armiyasining zarbasi oqibatida Eron generali Qosim Sulaymoniy halok bo‘lgach, AQSh va Eron o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashdi.
Mavzuga oid

17:22 / 05.03.2025
O‘zbekiston yanvarda eng ko‘p oltin sotib olgan davlatga aylandi

19:49 / 22.02.2025
Navoiydagi 31 ta kon xitoyliklarga sotilgani rad etildi

18:15 / 17.01.2025
Turkiyada soxta oltinning yangi turi tarqaldi

19:33 / 16.01.2025