Yuqori qon bosimini tushirish uchun eng yaxshi sharbat ma'lum qilindi 

Light 09:00 / 05.01.2020 46891

Xelsinki universiteti olimlari brusnika sharbatini gipertoniklarda yuqori qon bosimini tushirish uchun eng yaxshi ichimlik deb atashdi. Bu haqda MedicalXpress nashri yozdi.
 
Mutaxassislar buni bilish maqsadida yuqori qon bosimi – gipertenziyaga ega tajriba kalamushlarida tadqiqot o‘tkazishdi.
 
Kalamushlarga klyukva, qora smorodina va brusnika sharbatlari berilgan. Ushbu rezavorlarda yurak-tomir xavfini kamaytiruvchi va yurakka ijobiy ta'sir ko‘rsatuvchi polifenollar mavjud.
 
Tadqiqotda brusnika sharbati qon bosimini eng yaxshi tushirishi va uning yosh bilan bog‘liq oshishiga qarshilik ko‘rsatishi o‘rnatilgan.
 
Ta'kidlanishicha, brusnika shrbati kalamushlarda aorta tomiridagi yallig‘lanish bilan bog‘liq genlar ekspressiyasi oldini olgan.

Ko‘proq yangiliklar: