Samsung kompaniyasi 2019 yilda 5G tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlovchi Galaxy smartfonlaridan necha dona ishlab chiqargani ma'lum qilindi. TechCrunch nashrining xabar berishicha, bunday smartfonlardan o‘tgan yil 6,7 mlndan ko‘proq ishlab chiqarilgan.
Kompaniyaning ilk 5G-smartfonlari 2019 yil mayida bozorga chiqarilgan. Sentyabrda Samsung vitse-prezidenti Jun Xi Li kompaniyaning 5G funksiyali smartfonlaridan 2 mlndan ko‘proq odam foydalanayotganini ma'lum qilgan. U, shuningdek, kompaniya bu raqamni yil oxirigacha 2 martaga oshirishni rejalashtirayotganini aytgan.
Counterpoint Reserach tadqiqot kompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, 5G-smartfonlar jahon bozorining 53,9 foizini aynan Samsung qurilmalari egallaydi.
Ta'kidlanishicha, kompaniya fevralda 5G’ni qo‘llab-quvvatlovchi Galaxy S11’ni chiqaradi.
Shu bilan birga Samsung’ning asosiy raqobatchilaridan biri bo‘lgan Apple’da hali birorta 5G-smartfon yo‘q. Tahlilchi Ming-Chi Kuoning ta'kidlashicha, AQSh kompaniyasining 2020 yilda taqdim qilinadigan barcha smartfonlari 5G’ni tarmoqni qo‘llab-quvvatlaydi.
5G tarmoq bo‘yicha internetga ulanish o‘rtacha tezligi 10 Gbit/soniyani tashkil qiladi.