Nikita Rafalovich Tokio Olimpiadasiga litsenziyani qo‘lga kiritdi 

Sport 10:20 / 05.01.2020 4613

Butunjahon taekvondo federatsiyasi (WT) yakuniy Olimpiya reytingini e'lon qildi.Unga kiritilgan sportchilar Tokio Olimpiadasiga litsenziyalar olishadi.   

O‘zbekistonlik Nikita Rafalovich 80 kggacha vazn toifasida Olimpiadaga litsenziya oluvchilar ro‘yxatidan joy olib, yakuniy reytingda 4-o‘rinni egalladi.

Ushbu litsenziya O‘zbekiston sportchilari Olimpiadaga borish uchun qo‘lga kiritgan 15-litsenziya bo‘ldi. O‘zbekistonlik taekvondochilar 10-11 aprelda Xitoyda o‘tadigan saralash musobaqasida yana 3 ta litsenziyani qo‘lga kiritishlari mumkin. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida ma'lum qilinishicha, ushbu musobaqa Osiyo qit'asi uchun Olimpiadaga borish huquqini beruvchi so‘nggi musobaqa bo‘ladi.     

Rafalovich ishtirok etadigan vazndagi yakuniy reyting quyidagicha ko‘rinish oldi.

1.Maksim Xramsov (Rossiya) – 558.95

2. Milad Beigi (Ozarboyjon) – 445.22

3. Chek Sisse (Kot d`Ivuar) – 355.57

4. Nikita Rafalovich (O‘zbekiston) – 306.89

5. Raul Garsiya (Ispaniya) – 286.06

6. Toni Kanayet (Xorvatiya) – 283.69

Nikita Rafalovich, Olimpiada, taekvondo

Ko‘proq yangiliklar: