«Kataib Hizbulloh» AQShning Iroqdagi bazalariga hujum qilishini e'lon qildi

Foto: Reuters
Iroqdagi "Al-Xashd ash-Shaabiy" shialar qurolli guruhi tarkibiga kiruvchi "Kataib Hizbulloh" guruhi amerikalik harbiylar foydalanayotgan Iroqdagi bazalarga hujum qilishini bildirdi. Bu haqda guruhning maxsus operatsiyalar bo‘yicha qo‘mondoni bayonotida ma'lum qilindi.
"Iroq xavfsizlik kuchlari xodimlari yakshanba oqshomidan boshlab amerikalik dushman harbiy bazalaridan kamida bir kilometr uzoqda bo‘lishlari lozim", - deyiladi bayonotda.
Shanba kuni Bag‘dodda uch marta raketa hujumi yuz berdi: shahar markazida – AQSh elchixonasi yaqinida, al-Jadriya tumanida va poytaxt shimolida joylashgan "Balad" harbiy bazasi joylashgan hududda. Qurbonlar va jarohatlanganlar to‘g‘risida hozircha ma'lumot berilmadi.
2 yanvardan 3 yanvarga o‘tar kechasi Bag‘dodda AQSh aviazarbasi natijasida Eronning "Quds" maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniy va shialar qurolli guruhi rahbari o‘rinbosari Abu Mahdiy al-Muhandisning o‘limidan so‘ng Iroqda vaziyat keskinlashdi.
Turli manbalarga ko‘ra, amerikalik harbiylar Iroqdagi bir nechta harbiy bazalardan foydalanadi. Ular Iroq janubi, mamlakat shimolidagi Iroq Kurdistoni va poytaxt yaqinida joylashgan.
Mavzuga oid

22:00 / 10.03.2025
Ukraina dunyodagi eng yirik qurol importchisiga aylandi

20:32 / 10.03.2025
Tramp Zelenskiy iste’foga chiqmaguncha Ukrainaga yordam ko‘rsatishni tiklamaydi – OAV

19:40 / 10.03.2025
Bloomberg: Trampning maslahatchilari Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish rejasini ishlab chiqmoqda

16:37 / 10.03.2025