Adliya vazirligi tashabbusi bilan «Madad» – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘linmalari, shuningdek, tuman (shahar)larda ularning huquqiy maslahat byurolari tashkil etilgan.
Hozirda tashkilot ikki xil usulda: «Advice.uz» («e-maslahat.uz») huquqiy axborot portali orqali aholiga onlayn rejimda hamda tuman (shahar)larda ularning huquqiy maslahat byurolari orqali bevosita bepul huquqiy maslahatlar berib kelmoqda.
Barcha huquqiy maslahatlar va tushuntirishlar mutlaqo bepul tarzda beriladi.
Ish kuni va vaqti: dushanba–juma, 9:00 dan 18:00 gacha.