Polsha aviakompaniyasi Eron havo sarhadini aylanib o‘tishga qaror qildi

Jahon 23:22 / 04.01.2020 11629

Polshaning LOT milliy aviakompaniyasi parvozlarni Eron havo hududi orqali amalga oshirmaslik to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda aviakompaniya vakili Mixal Chernitskiy ma'lum qildi.

"Bugun bizning samolyotlarimiz Eron havo sarhadini aylanib o‘tishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Eron havo sarhadi orqali amalga oshirilishi rejalashtirilgan parvozlar yo‘nalishi o‘zgardi", - dedi Chernitskiy.

U Varshavadan Hindiston, Singapur, Bangkok va Shri-Lankaga uchadigan reyslar to‘g‘risida gap borayotganini ma'lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2 yanvardan 3 yanvarga o‘tar kechasi Bag‘dodda eronlik general Qosim Sulaymoniy o‘ldirildi. U shaxsan Donald Trampning topshirig‘i bilan amalga oshirilgan operatsiya natijasida halok bo‘ldi.

Eron Sulaymoniy o‘limi uchun qasos olinishini bildirdi.

Ko‘proq yangiliklar: