Shri-Lanka o‘zining ilk elektr superkarini taqdim qiladi

Fan-texnika 19:55 / 03.01.2020 9516

Shri-Lankada joylashgan Vega Innovations firmasi mart oyida bo‘lib o‘tadigan Jyeneva avtosalonida o‘zining birinchi loyihasi - to‘liq privodli elektr superkar Vega EVX’ni taqdim qilmoqchi.

Superkar 408 ot kuchiga ega ikkita elektromotor va litiy-temir-fosfat akkumulyator blan jihozlanadi. Ta'kidlanishicha, mashina 100 km/soat tezlikka 4 soniyada erishadi va bir quvvatlanishda 240 km yo‘l bosa oladi. 

Mashinada bir qator innovatsion yechimlar qo‘llangan bo‘lib, ular orasida kuch qurilmasini boshqarishning ilg‘or algoritmlari, elektr ta'minotni nazorat qilish tizimi va boshqaruvchi dasturiy ta'minot sanab o‘tilgan. Vega EVX harakatlanish polosasini nazorat qilish, yo‘l belgilari va piyodalarni tanish funksiyalariga ega yarimavtonom boshqaruv tizimini ham oladi.

Vega Innovations asosiy faoliyati dasturiy ta'minot ishlab chiqish hisoblangan CodeGen Group kompaniyasi tarkibiga kiradi. 

Ko‘proq yangiliklar: