«Lokomotiv» Stiven Jyerrard boshqaruvidagi «Glazgo Reyndjers»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Sport 13:00 / 03.01.2020 8148

Shotlandiyaning «Glazgo Reyndjers» klubi 11 yanvar kuni Dubayda Toshkentning «Lokomotiv» klubi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishini tasdiqladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

«O‘yin Dubay sport jamiyatining «Adolatli futbol» kompaniyasi hamkorligidan o‘tkaziladi. Uchrashuv «Sevens» stadionida o‘tadi. Bu bahs «Reyjyers»ning O‘zbekistonning uch karra chempioni, kubogi va Superkubogi sohibi, OChLning doimiy ishtirokchisi sanalmish «Lokomotiv»ga qarshi ilk o‘yini bo‘ladi» - deyiladi Shotlandiya klubi rasmiy saytida.

«Reyndjyers» bosh murabbiyi, angliyalik taniqli sobiq futbolchi Stiven Jyerrard o‘yin oldi qo‘yidagi fikrlarini bildirib o‘tgan:

«Biz Dubaydagi yig‘inimiz yakunida, issiq iqlim sharoitida o‘tadigan Toshkentning «Lokomotiv» klubi bilan o‘yinni intiqlik bilan kutyapmiz.

 Bu o‘yin biz uchun mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonidagi muhim bahs bo‘ladi. O‘ylaymanki, o‘rtoqlik uchrashuvi ikki tomon uchun ham muhim sinov o‘yini bo‘ladi» - deydi Stiven Jyerrard.

 «Lokomotiv» klubi O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida joylashgan bo‘lib, tarkibi turli millatli futbolchilardan tashkil topgan. O‘zbekiston esa Markaziy Osiyodagi yirik davlatlardan biri sanalib, 32 million aholiga ega» - deya yozadi «Glazgo Reyndjers» klubi rasmiy sayti.

Ma'lumot uchun, «Lokomotiv» 3 yanvar kunidan Dubayda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi.

Ko‘proq yangiliklar: