CNET nashri 2019 yilning yangi yaxshi smartfonlarini ma'lum qildi 

Fan-texnika 22:50 / 03.01.2020 8908

Kompyuter texnologiyalariga ixtisoslashgan CNET portali tahririyati poyoniga yetgan 2019 yilning yaxshi smartfonlari ro‘yxatini tuzdi. 

Portal talqiniga ko‘ra, 2019 yilning eng yaxshi iOS-smartfoni deb iPhone 11 tan olindi. 

iPhone 11
Foto: Justin Sullivan/Getty Images

Android operatsion tizimida ishlovchi eng yaxshi model sifatida Samsung’ning Galaxy Note 10 Plus smartfoni e'tirof etildi. Narx va texnik ko‘rsatkichlar mutanosibligi borasida OnePlus 7 Pro eng yaxshi deb topildi. 

Galaxy Note 10 Plus
Foto: Getty Images

Portal eng yaxshi ixcham qurilma sifatida Samsung Galaxy S10E’ni, eng muvaffaqiyatli hamyonbop model sifatida Motorola’ning Moto G7 smartfonini  ko‘rsatgan.

Ko‘proq yangiliklar: