Shanxaydagi Gigafactory haftasiga 1000 dona Tesla elektromobili ishlab chiqaradi

Fan-texnika 00:46 / 01.01.2020 9388

Ilon Maskning Tesla kompaniyasi Xitoyda Model 3 elektromobillarini ishlab chiqarishni boshladi. Elektromobillarning ilk xaridorlari fabrika ishchilari bo‘ldi. Mashinaning narxi 50 000 dollarni tashkil etadi, deb xabar berdi CNBC.

Tesla ishlab chiqarish sur'atini haftasiga 3000tagacha yetkazishni mo‘ljallamoqda, deb ma'lum qildi Shanxaydagi fabrika rahbariyati.

Hozirda butlovchi qismlarning 30 foizga yaqini Xitoyda tayyorlanmoqda, ammo 2020 yil o‘rtalariga kelib bu ko‘rsatkich 80 foizga yetkaziladi. Yil oxirigacha esa Model 3 to‘liq mahalliylashtiriladi.

Bu yil kompaniya Xitoyda 30 ming donaga yaqin ushbu modeldagi elektromobil sotgan.

Ko‘proq yangiliklar: