Janubiy Koreyadagi manbalarning xabar berishicha, Samsung Electronics kompaniyasi Consumer Electronics Show 2020 ko‘rgazmasida o‘zining umuman ramkasiz televizorini taqdim etadi.
Kompaniyaning ko‘plab rahbarlari bozorda hozircha muqobili bo‘lmagan yangi ko‘ngilochar qurilmaning ishlab chiqarilishini ma'qullashgan. Ta'kidlanishicha, yangi televizor 2020 yil fevraldan ommaviy ishlab chiqarila boshlanadi.
Yangi televizorning o‘ziga xos jihati displeyi atrofida ramkasi yo‘qligi hisoblanadi. Kompaniya ushbu yechimni diagonali 65 dyuym keladigan va undan kattaroq o‘lchamli ekranlarga ega televizorlar uchun qo‘llamoqchi.
Ta'kidlanishicha, Janubiy Koreya kompaniyasi bunday “ekstremal dizayn”ni taklif qiladigan birinchi kompaniya bo‘ladi.
Yangi televizor haqidagi batafsil ma'lumotni CES 2020 ko‘rgazmasidan bilib olish mumkin bo‘ladi.